Ushbu loyiha yangi boshlanuvchilarning birinchi hissasini qo'shish usullarini soddalashtirish va yo'naltirishga qaratilgan. Agar siz birinchi hissangizni qo'shmoqchi bo'lsangiz, quyidagi amallarni bajaring.
Agar buyruq satri sizga mos bo'lmasa, Bu erda GUI vositalaridan foydalanib amalga oshirishga oid darsliklari mavjud
Agar kompyuteringizda git mavjud bo'lmasa, buni o'rnating.
Bu repositoryni ushbu sahifaning yuqorisidagi fork tugmasini bosish orqali fork qilib oling Bu akkountingizda ushbu repositoryning nusxasini yaratadi.
Endi fork qilingan repositoryni kompyuteringizga klon qiling. Github akkountingizga kirib, fork qilingan repositoryni oching, code tugmasi ustiga bosing va keyin copy to clipboard belgisi (icon) ustiga bosing.
Terminalni oching va quyidagi git buyruqlarini yurg'izing:
git clone "siz horizgina ko'chirib olgan url"
bu yerda "siz horizgina ko'chirib olgan url" (qo'shtirnoqlarsiz) ushbu repositoryning (siz fork qilingan proyekt) urlidir. URLni olish uchun oldingi bosqichlarni ko'ring.
Misol uchun:
git clone https://github.com/bu-siz/first-contributions.git
bu yerdagi bu-siz
sizning Github akkount nomingiz (username). Bu yerda Githubdagi first-contributions repositorysining kontentlarini kompyuteringizga
ko'chiryapsiz.
Kompyuteringizda repository katalogiga kiring (agar u yerda bo'lmasangiz)
cd first-contributions
Endi git switch
buyrug'i orqali branch yarating:
git switch -c yangi-branch-nomingiz
Misol uchun:
git switch -c add-aliml92
Endi matn muharririda Contributors.md
faylini oching, unga ismingizni qo'shing. Uni faylning boshiga yoki oxiriga qo'shmang. Uni istalgan o'rta qismga qo'shing. Endi faylni saqlang.
Agar proyekt katalogiga o'tsangiz va git status
buyrug'ini yurg'izsangiz, o'zgarishlar borligini ko'rasiz.
git add
buyrug'i yordamida hosil qilgan branchingizga o'zgarishlarni qo'shing:
git add Contributors.md
Endi git commit
buyrug'i yordamida bu o'zgarishlarni commit qiling:
git commit -m "Contributors royxatiga ismingiz-ni kiritish"
ismingiz-
ni o'rniga o'zingizni ismingizni yozing.
git push
buyrug'i bilan o'zgartishlaringizni push qiling:
git push origin -u yangi-branch-nomingiz
albatta, yangi-branch-nomingiz
ni biroz oldin yaratgan branch nomiga almashtirgan holda.
Push qilish vaqtida biror xatolarni ko'rsangiz, bu yerni bosing
-
remote: Support for password authentication was removed on August 13, 2021. Please use a personal access token instead. remote: Please see https://github.blog/2020-12-15-token-authentication-requirements-for-git-operations/ for more information. fatal: Authentication failed for 'https://github.com//first-contributions.git/'
Akkountingizga SSH kalit yaratish va konfiguratsiya qilish uchun GitHub qo'llanma ga o'ting.
Agar Githubdagi repositoryingizga o'tsangiz, Compare & pull request
tugmasini ko'rasiz. O'sha tugmani bosing.
Endi pull requestni submit qiling.
Tez orada men sizning barcha o'zgarishlaringizni ushbu proyektning main branchiga birlashtiraman. O'zgarishlar birlashtirilgandan so'ng sizga elektron pochta xabarnomasi keladi.
Tabriklayman! Siz horizgina contributor sifatida tez-tez uchraydigan standard ish ketma-ketligi ya'ni fork -> clone -> edit -> pull request ni tamonladingiz.
Hissangizni nishonlang va web appga o'tish orqali hamtovoqlaringiz va ergashuvshilaringizga ulashing.
Agar sizga yordam kerak bo'lsa yoki savollaringiz bo'lsa, bizning slack jamoamizga qo'shilishingiz mumkin.Slack jamoasiga qo'shiling.
Endi boshqa proyektlarga hissa qo‘shishni boshlaylik. Siz boshlashingiz mumkin bo'lgan oson masalalar bilan proyektlar ro'yxatini tuzdik. Ko'zdan kechiring web appdagi proyektlar ro'yxati.
GitHub Desktop | Visual Studio 2017 | GitKraken | Visual Studio Code | Atlassian Sourcetree | IntelliJ IDEA |